Jerar Deparde jinsiy tajovuz qilganini tan oldi

Olam

−

image

Fransiyalik aktyor Jerar Deparde ikki ayolga nisbatan jinsiy tajovuz qilgani uçun tayinlangan 18 oylik şartli qamoq jazosi böyiça apellyatsiya şikoyatini qaytarib oldi. Köp yillar davomida ayblovlarni rad etib kelgan 77 yoşli aktyor sud qarorini qabul qilganini bildirib, jabrlanuvçilardan uzr söradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga köra, 2025 yil may oyida Parij jinoiy sudi Depardeni 2021 yilda suratga olingan “Les Volets Verts” filmi tasvirga oliş jarayonida ikki ayolga jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topib, 18 oylik şartli qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Aktyor uşbu qaror ustidan apellyatsiya şikoyati bergan. Biroq apellyatsiya sudidagi eşituvlar boşlanişi kutilgan bir paytda, joriy yilning 16 noyabr kuni şikoyatini qaytarib olgan. Uning advokatlari bu haqda Parij apellyatsiya sudiga ma’lum qilgan.

Sud jarayoni davomida ayblovlarni rad etib kelgan Deparde şikoyatini qaytarib olganidan keyin yozma bayonot berdi. Unda sud qarorini qabul qilişini va qilmişlari tufayli jabr körgan ayollardan uzr söraşini bildirgan. Aktyor özini aybdor deb topişganini tan olib, tayinlangan jazoga rozi ekanini aytgan. Uzrini esa “çuqur va samimiy” deb ta’riflagan.

Deparde avval film suratga oliş maydonçasidagi xatti-harakatlarini provokatsion muomala va qöpol hazil bilan oqlaşga uringanini ham tan olgan. Uning aytişiça, endi öz niyati boşqa odamlar yetkazilgan zararni his qilganini özgartirmasligini anglagan.

Jabrlangan ikki ayol ham aktyorning apellyatsiya şikoyatini qaytarib olganiga munosabat bildirgan. Suratga oliş guruhining sahna bezagi bölimida işlagan Ameli bunday uzrni köp yillardan beri kutayotganini, biroq Deparde uni sudda şaxsan bildirişini istaganini aytgan. Işga aloqador ikkinçi ayol esa bu qarorni ular uçun katta yutuq deb baholagan.

Depardening boşqa işi böyiça ham qaror kutilmoqda

Aktyorga nisbatan boşqa jinoiy iş böyiça sud jarayoni ham davom etmoqda. Aktrisa Şarlotta Arnulning da’vosiga köra, Deparde 2018 yilda unga nisbatan zörlaş va jinsiy tajovuz sodir etgan. Aktyor bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Uşbu işni jinoiy sudga yuboriş haqidagi qaror ustidan ham apellyatsiya şikoyati berilgan. Parij apellyatsiya sudi mazkur şikoyat böyiça 2026 yil 26 noyabr kuni qaror çiqarişi kutilmoqda. Agar sud işni körib çiqişni davom ettiriş haqidagi qarorni öz kuçida qoldirsa, Deparde bu ayblovlar böyiça ham sud oldida javob beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq britaniyalik aktyor Rassel Brend zörlaş va jinsiy tegajoğlik uçun 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing