JCHga kelgan muxlislar valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda
Sport
−
01 dekabr 2022 6410 1 daqiqa
Qatarga Jahon chempionatini ko‘rishga kelgan muxlislar dollarni mahalliy valyuta – rialga almashtirishda tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda "TASS" nashri xabar berdi.
Dohadagi sayyohlik guruhlarining messenjerlari 2009 yildan oldingi dollarlarni ayirboshlash deyarli mumkin emasligidan shikoyat qiluvchi xabarlarga to‘la.
Qayd etilishicha, aksariyat valyuta ayirboshlash shoxobchalari bunday banknotlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda. "Eski" valyuta qabul qilinadigan bir necha joylarda esa valyuta kursi rasmiy kursdan farq qiladi. Hozirda Qatarda bir dollar 3,65 rialga baholanmoqda.
Dohada JCHga kelgan muxlislar uchun valyuta ayirboshlash mumkin bo‘lgan bir nechta joylar mavjud. Chet el fuqarosi buning uchun "Hayya" kartasi va pasportini ko‘rsatishi kerak. Jarayon yarim soatgacha davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati bahslari 18 dekabr kuni yakunlanadi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28