Turkiyalik oshpaz Nusret jazolanishi mumkin
Sport
−
23 dekabr 2022 14128 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) turkiyalik mashhur oshpaz Nusret Go‘kchening JCH-2022 final uchrashuvidan so‘ng nega maydonga tushganiga hali izoh bermadi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Ma’lumki, turnirning final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Fransiyani mag‘lub etdi (3:3, 4:2 pen). Nusret Argentina terma jamoasi bilan chempionlikni nishonladi va g‘oliblar bilan bir necha marta suratga tushdi. Hattoki, oshpazning Jahon chempionati kubogi bilan tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.
FIFA qoidalariga ko‘ra, kubokka faqat amaldagi yoki sobiq jahon chempionlari va davlat rahbarlari qo‘l bilan teginishi mumkin.
FIFA marosim tugaganidan so‘ng ruxsatsiz maydonga tushgan shaxslarni aniqlab, ularga chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi Jahon chempionati finalida olti marta maydonga tushib, uchinchi bor g‘olib bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr