Marokashda terma jamoa sharafiga virtual muzey ochildi
Sport
−
28 dekabr 2022
4678Marokashda rasmiylar tomonidan 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Marokash milliy terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokiga bag‘ishlangan virtual muzey ochildi. Bu haqda 27 dekabr kuni "Le Matin" gazetasi xabar berdi.
18 dekabr kuni yakuniga yetgan turnirda “Atlas sherlari” ajoyib natijaga erishdi – yarim finalga chiqdi va chempionatda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Marokashgacha Jahon chempionatlari tarixida hech bir Afrika davlati mundial yarim finaliga chiqa olmagan.
Marokash Yoshlar, madaniyat va kommunikatsiyalar vazirligi homiyligida yaratilgan niyamaghribia.ma saytidagi virtual muzey Qatarda bo‘lib o‘tgan musobaqada “Atlas sherlari”ning o‘yinlarini aks ettiruvchi foto va videolarning katta to‘plamini o‘z ichiga oladi. Virtual muzeyda afrikaliklarning Belgiya, Kanada, Ispaniya va Portugaliya jamoalari ustidan qozongan g‘alabalari tasvirlangan lavhalarga ko‘proq urg‘u berilgan.
Ekspozitsiya marokashlik muxlislarga ham katta e’tibor qaratdi, ular dunyoning turli burchaklarida turib, o‘z futbolchilarini ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
"Virtual muzey Marokash milliy terma jamoasining Qatardagi Jahon chempionatidagi tarixiy yutug‘ini abadiylashtirish, uning eng muhim, unutilmas lahzalarini jonlantirish uchun yaratilgan. Bu "Atlas sherlari"ga yana bir ehtiromdir", deydi loyiha mualliflari.
LiveBarchasi