Messi Jahon kubogini PSJ muxlislariga ko‘rsatmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi parijliklarning navbatdagi uy uchrashuvida Jahon chempionati kubogini muxlislarga ko‘rsatmoqchi. Bu haqda "Goal" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 35 yoshli hujumchi jamoa mutasaddilaridan muxlislarga kubokni ko‘rsatishga ruxsat berishni so‘ragan, biroq klub rahbariyati Messining so‘rovini rad etishi mumkin.

Asosiy muammo shundaki, Argentina Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etdi. Bundan tashqari, rahbariyat Lionelning jamoadoshi va finalda xet-trik qayd etgan “uch ranglilar”ning asosiy futbolchisi Kilian Mbappening ehtimoliy reaksiyasidan xavotirda.

Fransiya chempionatining navbatdagi uy uchrashuvida PSJ "Strasburg" bilan o‘ynaydi. Bahs 29 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi JCH2022

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing