Qatarda Messining muzeyi tashkil etildi (foto)

Sport

image

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslari yakunlangach, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan va u mashg‘ulot o‘tkazgan joy mini-muzeyga aylantirildi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Qatar universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan muzey ko‘k va oq ranglarda bezatilgan. Shunindek, mini-muzeyda jahon chempionlari tasvirlangan plakatlar va futbolchilarning imzosi tushirilgan futbolkalar jamlangan. Futbol muxlislari muzeyga tashrif buyurishlari va o‘ziga muhitni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi, lekin xonada tunab qolish ta’qiqlangan.

Ma’lumot uchun, Messi boshchiligidagi Argentina JCH-2022 finalida Fransiyani mag‘lub etib, o‘z tarixida 3-marta mundialda g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Qatar2022

Baholaganlar

365

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing