Messiga ruxsat berilmagani ochiqlandi
Sport
−
26 dekabr 2022 11412 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Lionel Messi klubdan parijliklarning uy stadionida Jahon chempionati kubogini ko‘rsatish vakolatini so‘ramagan. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.
Avvalroq, 35 yoshli argentinalik parijliklarning navbatdagi uy uchrashuvida fransiyalik muxlislarga jahon kubogini ko‘rsatmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, rahbariyat muxlislarning bu holatdan g‘azablanishini inobatga olib, Messiga ruxsat berishdan qo‘rrqan.
Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor mundial g‘olibligiga erishdi. Messi Qatardagi turnirda o‘tkazilgan yettita o‘yinda yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, jumladan, Leo Fransiya termasi bilan jahon chempionati finalida dublga erishdi (3-3, 4-2 pen.).
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr