Messi Argentinaning bo‘lajak Prezidentimi? Mamlakatda noodatiy so‘rovnoma o‘tkazildi

Sport

image

Argentina aholisi mamlakat terma jamoasining Qatarda mezbonlik qilgan Jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng hamon kuchli eyforiyada bo‘lib turibdi. Mamlakatdagi katta bayramlarning bosh sababchisi esa hamon o‘sha-o‘sha – Lionel Messi. "Giacobbe y Asociados" nashri muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma uyushtirdi. So‘rovnomada muxlislarga "Agar Messi mamlakat Prezidentligiga nomzodini qo‘ysa, unga ovoz berarmidingiz?" degan savol berildi.

So‘rovnoma bir tarafdan Argentinada siyosiy jihatdan savodli odamlar ham ko‘p ekanini isbotlab berdi. Odamlarning 43,7 foizi amaldagi yetakchi Alberto Fernandesdan ko‘ra Messi nomzodini ma’qullashini aytgan bo‘lsa, 37,8 foizi amaldagi davlat rahbarini Lionel nomzodiga almashtirmasligini ma’lum qildi. 17,5% kishi esa neytral pozitsiyani tanlagan. So‘rovnomada turli yoshdagi jami 2500 kishi ishtirok etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida penaltilar seriyasida Fransiyani mag‘lub etib, mundial g‘olibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

254

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing