“O‘zimni johildek his qildim”. Messi eng katta afsusini aytdi

Sport

image

“Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ingliz tilini o‘rganmaganidan afsusda ekanligini tan oldi. Bu haqda Messi “Miro de Atrá” deb nomlangan podkast intervyusida so‘z ochdi.

“Bolaligimda ingliz tilini o‘rganmaganman. Hech bo‘lmaganda uni o‘rganishga vaqtim bo‘lgan edi, lekin o‘rganmadim va bundan juda afsusdaman. Keyinchalik, men ajoyib insonlar bilan muloqot qiladigan vaziyatlarga tushib qoldim, ular bilan suhbatlashishim mumkin edi, ammo buning o‘rniga o‘zimni johildek his qildim”, deydi Messi podkastda.

Ma’lumot uchun, Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o‘ynadi, shu davrda 835 ta o‘yinda maydonga tushib, 709 ta gol urdi. Messi “Barselona” bilan to‘rt marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, 2022 yilda Argentina bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek u ikki marta Kopa Amerikada g‘olib bo‘lgan va sakkiz marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.

Messi “Barselona” bilan jami 35 ta, Argentina terma jamoasi bilan oltita, PSJ va “Inter Mayami” bilan uchtadan sovrin qo‘lga kiritgan va futbol tarixidagi eng ko‘p kubok yutgan futbolchi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Lionel Messi “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing