Messi rekordlar ummonida suzishda davom etmoqda

Sport

image

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini 2022 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.

Messi bu sovrinni beshinchi marta qo‘lga kiritdi (2015, 2016, 2017, 2019, 2022). Ispaniyalik Xavida to‘rtta shunday mukofot bor. Lionel 170 ochko to‘plab, "Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichdan (115) 55 ball va "Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuynedan (40) 130 ball ko‘proq natija qayd etdi. 

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan turnir g‘olibiga aylandi. Hujumchi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Turnir davomida u yettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing