Messining PSJga qachon kelib qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

PSJ yarim himoyachisi Lionel Messi yanvar oyi boshida jamoasi safiga qaytishi kerak. Bosh murabbiy Kristof Galte matbuot anjumanida argentinalik futbolchini 2 yoki 3 yanvar kuni jamoaning mashg‘ulot bazasiga qaytishi kutilayotganini tasdiqladi.

Ayni damda Messi Argentina terma jamoasining Jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng ta’tilda bo‘lib turibdi. Avvalroq Messi PSJ bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messi hozirda barcha PSJ futbolchilari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Argentinalik futbolchi o‘z hisobiga klub o‘yinlarida 12 ta gol va 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Messi

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing