Fransiya xirillashni bas qilsin – Argentina muxlislari
Sport
−
24 dekabr 2022 14216 1 daqiqa
Argentina muxlislari fransiyalik muxlislarning JCH-2022 final o‘yinini qayta o‘tkazishga chaqirgan petitsiyasiga javob berdi. "Albiseleste" muxlislari Change.org saytida “Fransiya xirillashni bas qilsin” deb nomlangan petitsiya tuzdi.
“Jahon chempionati finalidagi g‘alabamizdan buyon fransuzlar yig‘lashdan to‘xtamadilar. Argentina jahon chempioniga aylanganidan nolishmoqda. Biz Fransiyadan yig‘lashni bas qilishni va Leo Messi dunyoning eng zo‘ri, Mbappe esa uning izdoshi ekanligini tan olishini so‘raymiz”, deyiladi janubiy amerikaliklar petitsiyasida.
Ma’lumot uchun, JCH-2022 finalida Argentina penaltilar seriyasida Fransiyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr