Argentinadagi tantanalarda futbol muxlisi vafot etdi
Sport
−
21 dekabr 2022
10425Argentina terma jamoasining JCH-2022 dagi g‘alabasi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanalari chog‘ida yelkasiga mamlakat bayrog‘ini tashlab olgan muxlis vafot etdi. Bu haqda 20 dekabr kuni "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Gap shundaki, muxlis yelkasidagi bayroqning bir qismi harakatlanayotgan mototsiklining g‘ildiraklari ostiga tushib qolgan va u qattiq bo‘g‘ilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, voqea Buenos-Ayresdagi Baxiya-Blanka shahrida sodir bo‘lgan, vafot etgan Sebastyan Oskar Masiel 22 yoshda edi.
“Tergov davom etmoqda, biroq dastlabki taxminlarga ko‘ra, u asfiksiyadan vafot etgan”, deydi politsiya xodimi.
18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta futbol bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. Lusail shahridagi "Milliy" stadionida bo‘lib o‘tgan musobaqaning final uchrashuvida janubiy amerikaliklar Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2, qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
LiveBarchasi