Jahon chempioni oltin medalini qo‘riqlash uchun it sotib oldi
Sport
−
03 yanvar 2023
7093Argentina terma jamoasi darvozaboni Emeliano Martines JCH-2022dagi g‘oliblik uchun berilgan oltin medalni qo‘riqlash uchun it sotib oldi. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar berdi.
Darvozabon 20 ming funt sterling (tahriqan 24056 AQSH dollari) evaziga Belgiya "ovcharka"sini xarid qildi.
Qayd etilishicha, it “Elite Protection Dogs” kompaniyasidan sotib olingan bo‘lib, "qo‘riqchi" “Aston Villa” a’zosining xotini, o‘g‘li va qizi yashaydigan uyni qo‘riqlaydi.
Ma’lumot uchun, "Tottenxem" va Fransiya terma jamoasi posboni Ugo Loris, "Chelsi" va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Eshli Koul hamda bokschi Tayson Fyuri ham “Elite Protection Dogs” kompaniyasi mijozi hisoblanadi.
LiveBarchasi