Mbappening ustidan kulgan Martinesning harakatlaridan AFAga shikoyat qilindi
Sport
−
23 dekabr 2022
10002Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) rahbariga xat yo‘llab, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega nisbatan hurmatsizlik holatlari haqida shikoyat qildi. Bu haqda 22 dekabr kuni "Ouest-France" nashri xabar berdi
18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi (3:3; penaltilar seriyasida - 4:2). Mbappe ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi. O‘yindan so‘ng internetda Martines "o‘lgan Mbappe uchun" deya kiyinish xonasida bir daqiqalik sukut saqladi va holat tasvirlari tarmoqda tarqaldi. Buenos-Ayresdagi chempionlar paradida darvozabon fransiyalik hujumchining surati yopishtirilgan qo‘g‘irchoqni ommaga ko‘rsatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda argentinalik muxlislar Mbappening surati tushirilgan karton tobutni yoqib yuborayotgani aks etgan videolavhalar ham paydo bo‘ldi.
"Men Argentinadagi ortiqcha noma’qbul ishlarni salbiy holat deb hisoblayman. Mbappe JCH vaqtida o‘zini namunali tutdi va futbolchining ustidan kulish noto‘g‘ri", deydi Le Gre.
Ma’lumot o‘rnida, Mbappe 24 yoshda, u Jahon chempioni (2018) hisoblanadi. Qatardagi mundialda Mbappe yetti uchrashuvda sakkizta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
LiveBarchasi