Mbappe La Ligaga yo‘l olishi mumkin, lekin “Real”ga emas

Sport

image

Fransiya va PSJ terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe kelasi yozda Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati kelishuvni rasmiylashtirish uchun bor kuchini sarflaydi. 

Avvalroq Mbappega asosiy da’vogar "Real Madrid" ekani xabar qilingandi.

Kilianning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 180 million yevro.

Ma’lumot uchun, Mbappe 8 gol bilan JCH-2022ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Liga 1 ning joriy mavsumida hujumchi 14 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

1590

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing