Jarohat seriyasi davom etadi. Yana bir “Real” a’zosi safdan chiqdi
Sport
−
07 Oktabr
4730Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militao Braziliya terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Militao terma jamoaga uchib kelgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va futbolchining chap son mushaklaridan yengil jarohat borligi aniqlangan.
Shu tariqa, Militao JCH-2026 saralashida Chili (11 oktyabr) va Peruga (16 oktyabr) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Futbolchining tiklanishi uchun aniq vaqt hali belgilanmagan.
Qayd etish joiz, Militao o‘tgan mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi, chunki u 2023 yil avgust oyida jarohat olgandi. 26 yoshli himoyachi 2024 yilning martiga kelibgina jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
E’tiborlisi, sentyabr oyi boshida Braziliya futbol konfederatsiyasi matbuot xizmati himoyachi jamoa joylashgan joyda mashg‘ulot paytida o‘ng son mushaklarini jarohatlagani haqida xabar bergan edi. Shu tariqa, Militiaoda qisqa vaqt ichida ikkinchi marta bir xil jarohat qaytalandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” a’zosi Ferran Torres bir oyga safdan chiqqani xabar qilingandi.