Mourinyo terma jamoani boshqarishi mumkin

Sport

image

“Fenerbaxche” bosh murabbiyi Joze Mourino turk klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 62 yoshli mutaxassis xizmatlariga Braziliya terma jamoasi qiziqish bildirmoqda. Karlo Anchelotti va Xosep Gvardiola ham “pentakampionlar” bosh murabbiyi lavozimi uchun nomzodlar qatorida bor.

Mourino 2024 yil yozidan buyon “Fenerbaxche”ni boshqarib kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassisning avvalgi ish joyi “Roma” bo‘lib, u 2021 yildan 2024 yil yanvarigacha bo‘rilarga boshchilik qilgan. Murabbiy qo‘l ostida Italiya klubi Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan va Yevropa ligasi finalida o‘ynagan.

Bungacha mutaxassis “Benfika”, “Portu”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” klublarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Joze Mourino Fenerbaxche

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing