Eto’O futbol muxlisini tepdi (Video)
Sport
−
06 dekabr 2022
18023Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti, Ispaniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Samuel Eto’O Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalidan so‘ng uni suratga olgan muxlisni tepdi. Bu haqda "La Opinion" nashri xabar berdi.
Eto’O stadionni tark etar ekan, bir necha muxlis bilan suratga tushdi. Muxlislardan biri afsonaviy futbolchi bilan gaplasha turib, uni video tasvirga oldi. Dastlab sobiq futbolchi muxlisni quvib ketdi va keyin Eto’Oning atrofidagi bir kishi muhlisning qo‘lidagi kamerani olib, yerga tashladi. Muxlis kamerani yerdan olmoqchi bo‘lganida, Kamerun futbol federatsiyasi rahbari uni tepdi.
Kamerun terma jamoasi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmay, kurashni yakunladi. Guruhdagi so‘nggi bahsda kamerunliklar braziliyaliklarni mag‘lub etdi (1:0).
Ma’lumot uchun, Eto’O Qatardagi Jahon chempionatining elchilaridan biri hisoblanadi.