“Real” uch yillik salbiy seriyasiga barham berdi
Sport
−
04 yanvar 2023
4494"Real Madrid" so‘nggi uch yil ichida birinchi marta Ispaniya kubogi o‘yinida gol o‘tkazib yubormadi.
Karlo Anchelotti shogirdlari mamlakat kubogi 1/16 finali doirasidagi o‘yinda to‘rtinchi divizion vakili "Kasereno"ni mag‘lub etdi (1:0). Uchrashuvdagi yagona gol madridliklar jamoasining braziliyalik vingeri Rodrigo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa Madrid klubi ushbu turnirda gol o‘tkazib yuborilgan beshta o‘yindan iborat seriyasini to‘xtatdi.
"Real Madrid" 2020 yil yanvar oyida "Saragosa"ni 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. O‘shanda ispan klubi so‘nggi bor kubok o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Real" 38 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 1-pog‘onani "qaymoqranglilar" bilan bir xil ochko yig‘gan "Barselona" band etgan.
"Qirollik klubi" navbatdagi o‘yinni 7 yanvar kuni safarda "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazadi.