“Real” o‘tgan mavsum qancha foyda ko‘rdi?
Sport
−
18 iyul 2023
7112Madridning “Real” klubi 2022-23 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotini e’lon qildi. O‘tgan mavsumni jamoa 12 million yevro foyda bilan yakunladi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Transferlarni hisobga olmaganda klub daromadi 843 million yevroni tashkil etdi. “Qaymoqranglilar” 2018-19 yilgi pandemiya davrida 757 million yevro ishlab topgandi. Qayd etilishicha, klub daromadi avvalgi mavsumga nisbatan 17 foizga oshgan.
Klubning sof qarzi 263 million yevrodan 47 million yevroga kamaydi. Hozirda “Real”ning moliyaviy ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Shuningdek, jamoa uy stadioni “Santyago Bernabeu”ni rekonstruksiya qilish ham rejaga muvofiq olib borilayotgani qayd etilgan. Ishlarning asosiy qismini 2023 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Madrid superklubi o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasida 2-pog‘onani egallagandi. Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya kubogida g‘olib bo‘ldi.
LiveBarchasi