Yevropada yilning eng yaxshi futbol prezidenti aniqlandi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi prezidenti Florentino Peres Yevropaning “Golden boy 2022” taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi klub prezidenti deb topildi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Peres 2000 yilda “Real Madrid” prezidenti bo‘lgandi, keyin uning qo‘l ostidagi jamoa davri “galaktikos” deb atala boshlandi. Bunga klubning xaridlari sabab bo‘ldi: Luish Figu, Ronaldo, Zinedin Zidan, Devid Bekxem, Maykl Ouen va Robino kabi futbol yulduzlari Peres prezidentlik qilgan yillarda “Rea” a’zosiga aylanishdi. 

2006 yilning fevralida Peres “Real” Yevropa Chempionlar ligasida “Arsenal”ga va Ispaniya chempionatida “Malorka”ga mag‘lub bo‘lganidan keyin iste’foga chiqdi.

Peres 2009 yilda ikkinchi marta “Real” prezidentiga aylandi. Saylovdan keyingi dastlabki oylarda u Kaka va Krishtianu Ronaldu, ya’ni mos ravishda 2007 va 2008 yilgi “Oltin to‘p” sohiblarini “Real Madrid”ga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Peresning ikkinchi saylanishidan so‘ng “qirollik klubi” 5 marta YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Peres

Baholaganlar

63

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing