Rashidov Qatar klubini tark etdi
Sport
−
11 yanvar 2023 15774 1 daqiqa
Qatarning "Umm-Salal" klubi a’zosi, o‘zbekistonlik Sardor Rashidov erkin agentga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qatar klubi Rashidov o‘rniga avstraliyalik legioner bilan shartnoma imzolagan. Shunday qilib, o‘zbekistonlik futbolchi erkin agentga aylandi.
Rashidov 2022 yilning iyul oyida "Umm-Salal" a’zosiga aylangandi. Futbolchi Rayyon shahri jamoasi safida umumiy 9 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 marta assistentlik qilgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Sardor Rashidov faoliyati davomida "Al-Jaish", "Al-Jazira", "Nasional", "Qatar SK" va "Al-Quvayt" kabi xorij jamoalarida to‘p tepgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr