JCHga chiqqan termalarni qaysi brendlar kiyintiradi?

Sport

image

Qatar mezbonlik qiladigan Jahon chempionati bahslari startiga juda oz fursat qolmoqda. Mundialda ishtirok etadigan terma jamoalarni qaysi brendlar kiyintirishi ham muxlislar uchun qiziq. Jahon chempionati sport mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalar uchun katta reklama maydoni vazifasini o‘tab beradi. Kompaniyalar terma jamoalarni an’anaviy va zamonaviy uslubdagi liboslar bilan ta’minlaydi.

Qizig‘i shundaki, turnirdagi formalarning 80 foizi uchta sport giganti – Adidas, Puma va Nike tomonidan taqdim etiladi. Amerika kompaniyasi – Nike mundialda eng ko‘p – 13 ta terma jamoani kiyintiradi. Yettita jamoa Adidas bilan hamkorlik qilsa, oltita terma Puma brendini tanlagan.

Shuningdek, Hummel, Kappa, One All Sports, New Balance, Marathon va Majid kompaniyalari bittadan terma jamoaning liboslari homiysi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Mundial

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing