Bugun o‘zbekistonlik bokschilar mundial g‘olibligi uchun jang qiladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 noyabr kuni Ispaniyaning La Nusiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final janglari boshlanadi. O‘zbekistonlik ikki nafar bokschi musobaqa g‘olibligi uchun ringga ko‘tariladi.

Ayollar o‘rtasida -48 kgda Gulsevar G‘aniyeva hindistonlik Bavna Sharmaga qarshi jang qiladi. Erkaklar o‘rtasida esa -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov Meksika vakili Ezekel Kabrera bilan hisob-kitob qiladi. 

Gulsevar G‘aniyeva ishtirokidagi jang Toshkent vaqti bilan taxminan soat 22:00da boshlanishi kutilmoqda. Asadov esa taxminan 23:40da ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, ertaga, 26 noyabr kuni yana 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi mundial g‘olibligi uchun jang o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Mundial

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing