Ahmadaliyev-Tapales to‘qnashuvi qachon o‘tkaziladi?
Sport
−
10 yanvar 2023 6006 1 daqiqa
Birinchi yarim yengil vazn toifasida WBA va IBF kamari sohibi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevning fillippinlik Marlon Tapalesga qarshi himoya jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "The Ring" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ahmadaliyev navbatdagi jangini aprel oyida o‘tkazadi. Jang "Matchroom" tomonidan AQSHda tashkil etiladi.
2022 yil iyun oyida Ahmadaliyev amerikalik Ronni Riosni mag‘lubiyatga uchratib, o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini uchinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev profboksda umumiy 10 ta to‘qnashuvda qatnashib, janglarning barchasida g‘alaba qozongan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr