Promouter Bivol uchun ikkita ehtimoliy raqibni tanlab oldi

Sport

image

Rossiyalik professional bokschi Dmitriy Bivolga promouterlar navbatdagi raqib sifatida ikki bokschidan birini tanlaydi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

“Tanlov uchun Kallum Smit va Joshua Buatsi variantlari bor. Bahs may oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Bu majburiy himoya jangi bo‘ladi”, deyiladi manba xabarida.

Yarim og‘ir vaznda Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bo‘yicha jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan rossiyalik sportchining aktivida 21 ta g‘alaba (11 ta nokaut) mavjud.

Avvalroq, Bivol meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangi uchun vaznini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing