Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov noqonuniy ov uchun jazolanadimi?

Sport

image

Boks bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov o‘zining Instagram sahifasiga hamrohlari bilan ovda ishtirok etib, qashqaldoqlarni otgani aks etgan videolarni joyladi. Holat jamoatchilikning qizg‘in munosabatiga sabab bo‘ldi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekistonda ovchilik qilish uchun ovchilar uyushmasidan ro‘yxatdan o‘tish lozim. G‘oyibnazarovda ov qilish uchun ruxsatnoma borligi hozircha noma’lum.

Qalampir.uz Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘langanida, qo‘mita holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, qashqaldoq turnasimonlar turkumi suvmoshaklar oilasiga mansub qush hisoblanadi. Qashqaldoqlar Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Avstraliya, shuningdek, Rossiyaning o‘rta va janubiy mintaqalarida keng tarqalgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda ham uchraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks G'oyibnazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing