Bivol AQSH boks tashkiloti tomonidan “Yil bokschisi” mukofotini olgan birinchi rossiyalik bo‘ldi

Sport

image

Rossiyalik Dmitriy Bivol Amerika boks yozuvchilari uyushmasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2022 yilning “Yil bokschisi” mukofotini qo‘lga kiritdi. U tashkilotning 84 yillik tarixi davomida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi rus bokschisi bo‘ldi.

“Bu men uchun yuksak sharaf hisoblanadi. Juda ham baxtliman. Jamoam bilan faxrlanaman. Ramiresni mag‘lub etganimdan so‘ng, yilni ajoyib o‘tkazdim deb o‘ylayman. Jamoamga va meni qo‘llab-quvvatlagan odamlarga rahmat”, deydi Bivol.

Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni yirik og‘ir vaznda Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bo‘yicha jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan Bivolga kelgusi jangida kim raqib bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing