Jalolov nufuzli nashr so‘rovnomasida g‘oliblikka asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

Sport

image

Mashhur “The Ring” nashri 2022 yil yakunlari bo‘yicha turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlamoqda. E’tiborlisi, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov “Yil loyihasi” nominatsiyasiga da’vogar bo‘lib turibdi.

Bahodir Jalolovdan tashqari, yana to‘rt bokschi da’vogarlar safidan joy olgan. Jumladan, Kishon Devis (AQSH), Ksander Zayas (Puerto-Riko) va Jared Anderson (AQSH) g‘oliblik yo‘lida Jalolovga raqiblik qiladi. 

Ekspertlarning fikricha, nominatsiya g‘olibligi uchun Jalolovning imkoniyatlari yuqori. 

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov profboksda 12 ta g‘alaba qayd etib, hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing