O‘zbek bokschilari mundialda yana 4 ta medalni kafolatladi

Sport

image

Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati janglari davom etmoqda. 22 noyabr kungi dasturda 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.

E’tiborlisi, kun dasturida yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilgan barcha O‘zbekiston vakillari g‘alaba qayd etdi. 

Erkaklar o‘rtasida -80 kgda Rahmatillo Boymatov, -57 kg vazn toifasida Baxtiyor Asadov va -71 kg vaznda Fazliddin Erkinboyev chorak final janglarida g‘alaba erishib, mundial medallarini naqd qildi.

Ayollar o‘rtasida -75 kgda Sahobat Husanova ekvadorlik Gabriyela Sazarni 2-raundda texnik nokautga uchratib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar mundiali bahslari 26 noyabrga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Mundial

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing