Korrupsiyaga botayotgan futbol yoxud Qatar Ekvadorga pora berdimi?

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Ochilishi o‘yinida mezbonlar Qatar termasi vakillari Ekvador terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Musobaqa startidan avval Qatar vakillari ekvadorlik 8 nafar futbolchiga yutqazib berishi uchun pul bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Amdjad Taxa ma’lumot berdi.

Ko‘pgina insayderlar “Qatar yutqazib berishi uchun 8 nafar ekvadorlik futbolchini 7,1 million yevroga sotib olgan (0:1, ikkinchi taymda gol)”, deb ma’lumot bermoqda. 

"Umid qilamizki, bu yolg‘on. Bu xabarning tarqalishi natijaga ta’sir qilishiga ishonamiz. Dunyo FIFAʼdagi korrupsiyaga qarshi turishi lozim", deb yozib qoldirdi Taxa o‘z sahifasida.

Avvalroq, Ekvador terma jamoasi aslida boshqa mamlakat fuqarosini o‘z safida o‘ynatgani uchun mundialdan chetlashtirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo yakunda FIFA Ekvadorni Qatar mundialida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Ekvador

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing