Qatar mundialining eng qimmat terma jamoasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliya Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida eng qimmat tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Bu haqda Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) xabar berdi.

Jamoa futbolchilarining umumiy narxi 1,499 milliard yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Braziliya, terma futbolchilari narxi 1,455 milliard yevroga baholandi. Bu borada Fransiya 1,337 milliard yevro bilan uchinchi, Ispaniya 1,201 milliard yevro bilan to‘rtinchi, Portugaliyaning 1,154 milliard yevrolik tarkibi esa beshinchi o‘rinni band etdi.

Qatardagi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Angliya terma jamoasi guruh bosqichida Eron, AQSH va Uels bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Qatar

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing