JCH oldidan saudiyalik futbolchining pasporti o‘g‘irlab ketildi
Sport
−
12:51 1152 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi Saud Abdulhamidning pasporti o‘g‘irlab ketildi. Shu sababli himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan mashg‘ulot yig‘iniga qo‘shila olmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Saud Abdulhamidning milliy terma jamoa mashg‘ulot yig‘iniga yetib kelishining kechikishi haqida rasmiy bayonot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, futbolchi Amsterdamda oilasi bilan to‘yda ishtirok etayotgan vaqtda uning mashinasiga o‘g‘rilik qilingan va shu sababli shaxsiy buyumlari, jumladan pasporti o‘g‘irlangan. Natijada, u Ar-Riyodga uchib keta olmagan.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ushbu holat bo‘yicha Sport vazirligi bilan hamkorlikda tergov ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, Niderlandiyadagi Saudiya Arabistoni elchixonasi bilan birgalikda futbolchiga zarur hujjatlarni tiklash va uning terma jamoa yig‘iniga qo‘shilishini ta’minlash ustida ishlanmoqda.
Federatsiya hozirgi sharoitda Saud Abdulhamidni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va uni milliy terma jamoaning lageriga sog‘-omon yetib kelishini kutayotganini bildirgan.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2026 yildagi Jahon chempionatida o‘z guruhida Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvay jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi