Jazoir ham “Barbie”ga qarshi
Madaniyat-san’at
−
16 avgust 2023
10791Jahon kinoteatrlariga chiqqan va katta mablag‘ jamg‘arib ulgurgan “Barbie” filmi Jazoirda ham taqiqlandi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Film bir necha haftadan beri Jazoirning ba’zi kinoteatrlarida namoyish etilayotgan edi. Ammo keyinchalik mamlakat Madaniyat vazirligi kinoteatrlardan ushbu Gollivud blokbasterini zudlik bilan olib tashlashni so‘radi.
Rasmiy manbaning ta’kidlashicha, film axloqsizlik va G‘arb madaniyatini targ‘ib qiladi. Bu esa Jazoirning diniy va madaniy e’tiqodlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Livan va Quvayt ham xuddi shunday sabablarga ko‘ra o‘tgan haftada filmni taqiqlagan edi. Undan avval esa Vetnam xayoliy dunyo xaritasi sahnasida Xitoyning bahsli Janubiy Xitoy dengizidagi da’volari ko‘rsatilgani uchun “Barbie”ni ta’qiqlagan.
LiveBarchasi