Jaziramada yetarli miqdorda suv ichmaslik nimalarga olib keladi?
Foydali
−
21 iyul 2021
5429Issiq kunlarda suvni yetarli darajada ichmaslik qonning quyuqlashishiga va natijada yurak, buyrak va qon tomir tizimining buzilishiga olib keladi. Bu haqda diyetolog Svetlana Fus ma’lum qildi.
U, shuningdek, yozda eng muhim minerallar — kaliy, natriy, kalsiy, magniy va xlor ham kerak ekanligini ta’kidlagan.
“Ular organizmdagi bir qator muhim funksiyalarni bajaradi: suv-tuz muvozanatini ta’minlaydi, yurak mushaklarining qisqarishi, qon tomir tonusi uchun javobgar va asab impulslarini uzatishda qatnashadi”, degan mutaxassis.
Fus oddiy suv elektrolitlar bilan ta’minlashini ta’kidlagan. U bundan tashqari, ko‘plab minerallar sabzavotlar, rezavorlar va mevalarda mavjud ekanini eslatgan.
“Ular yozda bizning ratsionimiz asosini tashkil qilishi kerak. Ularda nafaqat minerallar, balki yetarli miqdordagi suv ham bor. Masalan, bodring va pomidor tarkibida 95 foizgacha suyuqlik bo‘lsa, rezavorlar va mevalarda esa 80 foizdan 90 foizgacha bor”, degan u.
Diyetolog, shuningdek, yozda qanday mahsulotlarni albatta iste’mol qilish kerakligini ma’lum qilgan.
Natriy va xlor manbalari: yormalar, sut mahsulotlari, baliq, qo‘ziqorin va dukkakli o‘simliklar;
Kalsiy manbasi: kefir, yogurt, tvorog, shuningdek yashil bargli sabzavotlar;
Magniy manbasi: dengiz karami, bo‘tqalar, dukkakli o‘simliklar, kakao, qora shokolad.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15