Jaziramada konditsionerning qanday harorati sog‘liq uchun xavfli emas?

Salomatlik

image

Mutaxassislar jazirama paytida harorati 23-25 darajadan past bo‘lgan konditsionerli xonada o‘tirish sog‘liq uchun zarar deb hisoblashadi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

"Konditsionerni kamida 23-25 darajaga moslash kerak. Shu bilan birga, bu haroratda ishlayotgan konditsionerli xonada nam kiyimlarda bo‘lish sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi" deyiladi tavsiyalarda.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar bu davr mobaynida juda sovuq ichimliklar ichishni tavsiya etmaydilar. Bundan tashqari, jaziramada kuniga kamida 2-2,5 litr suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Bu choy, mineral suv, sho‘r suv, salqin ichimliklar bo‘lishi mumkin.

Tavsiyalarda shuningdek, jaziramda kamroq ko‘chaga chiqish, xonalarni maxsus vositalar yordamida namlatib turish va eshik hamda derazalarni mahkam yopish keltirib o‘tilgan. Shuningdek, chekuvchi shaxslar bu illatlarini ushbu vaqtda kamaytirishi, ko‘chadan kelib darhol muzdek dushga tushmaslik tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

konditsioner Jazirama

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar