Jaziramada xodimlarni ishlatgan mansabdorga chora ko‘rildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda obodonlashtirish xodimlari jaziramada mehnat qilayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv yakunida Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat asosida o‘rganish o‘tkazgan. Tekshiruv davomida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda xavfsiz va munosib mehnat sharoitlari yaratilmagani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

“Mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish – har bir ish beruvchining qonuniy majburiyatidir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kuzatilayotgan jazirama munosabati bilan ish beruvchilarga ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiy choralar e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing