Javohir Sindorov mashhur kibersport jamoasi a’zosiga aylandi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov dunyoga mashhur kibersport jamoasi “Vitality” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “UzChess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Vitality” shaxmat turnirlari uchun o‘zbekistonlik grossmeysterni o‘z safiga qo‘shib olgan. Ushbu jamoada fransiyalik shaxmatchi Maksim Vashe-Lagrav ham bor.

Ma’lumot o‘rnida,  ushbu jamoa “Counter Strike” bo‘yicha oxirgi 5 ta turnirdan beri zafar quchib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov NAVI, ya’ni “Natus Vincere” jamoasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov kibersport Vitality

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing