Jasur Yaxshiboyev YeCHLda “Real” va “Inter”ga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
04 Sentabr 2021
10911O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev UEFA Chempionlar ligasi debyutanti Moldovaning “Sheriff” safida ijara asosida harakat qilmoqda. Transfer joriy yil 31 avgust kuni amalga oshirildi.
UEFA rasmiy saytining ma’lumotiga ko‘ra, Jasur Yaxshiboyev “Sherif”ning Yevropa Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga kiritilgan. Yaxshiboyev Moldova jamoasi tarkibida 17-raqam ostida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa o‘z tarixida ilk bor CHLda ishtirok etadi. Klub guruh bosqichida “Real”, “Inter” va “Shaxtyor” (Donetsk) klublari bilan o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, chinozlik futbolchi “Paxtakor”, OKMK, “Energetik BGU”, “Shaxtyor Soligorsk” va “Legiya” klublarida o‘ynagan. U O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida 2018 yilgi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi