Chempionlar ligasida tur uchrashuvlari yakunlandi
Sport
−
23 Oktabr 1625 3 daqiqa
Kecha, 22 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasida 3-tur bahslari yakuniga yetdi. Turda “Real Madrid” jamoasi o‘z maydonida Turinning “Yuventus” klubini qabul qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. “Bavariya” esa “Bryugge”ni yirik hisobda taslim etdi. Londonning “Chelsi” jamoasi ham Amsterdam jamosi ustidan yirik hisobdagi g‘alabani nishonladi. Arne Slot shogirdlari ketma ket mag‘lubiyatlardan so‘ng Germaniyada “Frankfurt”ni taslim etdi.
Turdagi barcha uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing:
“Atletik Bilbao” 3:1 “Qorabog‘”
“Atletik Bilbao” o‘z maydonida “Qorabog‘”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gurusetaning ikki va Navarroning bir goli “basklar”ga g‘alabani taqdim etdi. Mehmonlar tarkibidagi golga Andrade mualliflik qildi, ammo bu gol g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi.
“Galatasaroy” 3:1 “Bodo/Glimt”
“Galatasaroy” o‘z maydonida “Bodo/Glimt”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Istanbulliklar 1-turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ketma ket g‘alabalar bilan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab olmoqda.
“Monako” 0:0 “Tottenxem”
“Monako” o‘z maydonida “Tottenxem” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Har ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo tomonlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi.
“Chelsi” 5:1 “Ayaks”
“Chelsi” o‘z maydonida “Ayaks”ni yirik hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar tarkibida birinchi bo‘limda Taylor o‘yindan chetlashtirildi. Natijada Amsterdamliklar alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
“Atalanta” 0:0 “Slaviya Praga”
Bu uchrashuvda hisob ochilmadi. “Atalanta” o‘z maydonida “Slaviya Praga” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
“Frankfurt” 1:5 “Liverpul”
“Liverpul” ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z maydonida “Frankfurt”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ekitike, van Deyk, Konate, Gakpo va Soboslailarining gollari “Liverpul”ga muhim 3 ochko taqdim etdi.
“Bavariya” 4:0 “Bryugge”
“Bavariya” o‘z maydonida “Bryugge”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Germaniya jamoasi Chempionlar ligasida 3 turdan so‘ng barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan kam sonli jamoalar qatoridan joy oldi.
“Real Madrid” 1:0 “Yuventus”
“Real Madrid” o‘z maydonida “Yuventus”ni minimal hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golga madridliklar safida Bellingem mualliflik qildi. Bu g‘alabadan keyin “Real Madrid” jamoasi ham Chempionlar ligasida g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
“Sporting” 2:1 “Marsel”
“Sporting” o‘z maydonida “Marsel”ni kichik hisobda mag‘lub etdi. Birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar tarkibidan Emerson maydondan chetlatildi. 1 kishi kam bo‘lib qolgan “Marsel” yakunda mag‘lubiyatga uchradi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasida yakuniga yetgan 3-tur uchrashuvlaridan so‘ng PSJ jamoasi umumiy jadvalda 1-o‘rinni egallab turibdi. Germaniyaning “Bavariya” jamoasi 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Italiyaning “Inter” jamoasi 3-pog‘onani band etgan. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 4 noyabr kuni boshlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr