“Real”ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga ko‘chib o‘tdi
Sport
−
25 mart 18048 1 daqiqa
O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev Eronning “Nassaji Mozandaron” klubiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yaxshiboyev va klub o‘rtasidagi shartnoma 0.5+1 ko‘rinishida imzolandi.
Qayd etish joiz, Eron chempionatida O‘tkir Yusupov, Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar ham faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli Yaxshiboyev faoliyati davomida “Paxtakor”, OKMK, “Energetik”, “Shaxtiyor”, “Legiya”, “Sherif”, “Navbahor”, “Ordabasi” klublarida to‘p tepgan. Shuningdek, u “Sherif” safida Chempionlar ligasi doirasida “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda boshi bilan “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining sensatsion g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr