Jastin va Xeyli Biberlar farzand kutyapti

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik mashhur juftlik – model Xeyli va xonanda Jastin Biber ilk farzandini kutayotganini e’lon qildi. Bu haqda ular Instagram’dagi sahifasida post qoldirdi.

Instagram slayd-shou postida Biberlar dalada to‘y qasamyodlarini yangilayotgani aks etgan. Video va fotosessiya jarayoni kecha, 9 may kuni Gavayida bo‘lib o‘tgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, shou-biznes vakillari, jumladan amerikalik realiti-yulduz Kim Kardashian va model Jiji Xadid ijtimoiy tarmoq orqali o‘z tabrigini yo‘llagan.

Ma’lumot uchun, Jastin va Xeyli 2018 yilda turmush qurgandi.

E’tiborlisi shundaki, Xeyli Biberning homiladorligi haqidagi xabardan so‘ng Selena Gomez ham hozirgi sevgilisi Benni Blanko bilan birga tushgan fotosuratlarini tarmoqqa joylagan. Fotosuratlardan birida qo‘shiqchi yigiti bilan qo‘l ushlashib turgani, boshqasida esa "Bir binoda qotilliklar" serialining suratga olish guruhi tasvirlanganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, Gomes shu tariqa o‘zining sobiq sevgilisiga javob qaytarmoqchi bo‘lgan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xeyli Biber Jastin Biber

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing