Jastin Biber qo‘shiqlarining mualliflik huquqini sotmoqchi
Madaniyat-san’at
−
23 dekabr 2022
5062Amerikalik xonanda Jastin Biber o‘z qo‘shiqlarining mualliflik huquqini “Hipgnosis Songs Capital” (HSC) kompaniyasiga sotmoqchi. Shartnoma qiymati 200 million AQSH dollariga baholanmoqda. Bu haqda insayderlarga tayanib WSJ nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, oldi-sotdi amalga oshgudek bo‘lsa xonandaning deyarli barcha qo‘shiqlarining mualliflik huquqi ana shu kompaniyaga o‘tadi. Ammo Biber “Love Yourself” va “Baby” kabi mashhur taronalarining mualliflik huquqini o‘zida saqlab qolmoqchi.
HSC kompaniyasi esa mualliflik huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng filmlar, reklama roliklari, tele-translyatsiyalar va strimlarda Jastin Biber qo‘shiqlaridan foydalanishi ortidan keladigan tushimlar orqali daromad ko‘rishni rejalashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Jastin Dryu Biber 1994 yilning 1 mart kuni Kanadaning Ontario provinsiyasida tug‘ilgan. U 2007 yildan ijodiy faoliyatini boshlagan bo‘lib, u kuylagan “Sorry”, “Baby”, “What do you Mean?” va “Love Yourself” kabi qo‘shiqlarga ishlangan video kliplarning har biri YouTube'da bir milliarddan ziyod ko‘rilgan.
Xonanda 2010 yildan buyon oltita musiqiy albom taqdim etgan. Qolaversa, Biberning 2010–2013 yillar oralig‘ida remiks taronalardan tashkil topgan beshta to‘plami ham mavjud.
LiveBarchasi