Jastin Biber farzandli bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
24 avgust
8310Amerikalik qo‘shiqchi Jastin Biber va uning rafiqasi Heyli o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Jastin Biber tarmoqqa joylagan posti ostida “Xush kelibsan, Jek Blyus Biber” deb izoh qoldirib, o‘g‘lining ismi Jekligiga ishora qildi.
Jastin turmush o‘rtog‘i salomatligini tiklab olishi va tug‘ruqdan keyin ayollar boshdan kechiradigan tushkunlik davrini yengib o‘tishiga yordam berish uchun bir muddat san’atdan tanaffus e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Heyli Biberning farzand kutayotgani haqidagi xabar may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Bu vaqtda Heyli homiladorlikning oltinchi oyida bo‘lgan. Homiladorlikning so‘nggi kunlarigacha muxlislar qiz yoki o‘g‘il tug‘ilishi masalasi ustida ko‘plab bahslashdi, yulduzlar esa birinchi kundanoq bolaning jinsi va ismini yashirmadi.
Model ona bo‘lishini ommaga oshkor qilishdan oldin ko‘plab fotosessiyalarda ishtirok etgan va suratlar tufayli uning farzand kutayotgani haqida doim mish-mishlar bo‘lgan.
Jastin Biber va Heyli Bolduin 2018 yilda turmush qurgan. Bir yil o‘tgach, 2019 yil 30 sentyabrda er-xotin yaqin do‘stlari va qarindoshlari uchun to‘y marosimini o‘tkazib bergan.
To‘ydan so‘ng model tezroq farzandli bo‘lishni orzu qilishini aytgan:
“Men bolalarni juda yaxshi ko‘raman va tez orada o‘zimning ham farzandlarim bo‘lishini istayman”, degan edi Heyli “Vogue” nashriga bergan intervyusida.