Namanganda ona o‘zini ikki farzandi bilan kanalga tashladi (video)
3-sahifa
−
27 dekabr
17495Namangan viloyati Namangan shahrida ona bir va uch yoshli farzandlari bilan o‘zini kanalga tashladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 20 dekabr kuni Temir ko‘chasida yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan uzoq muddatdan buyon birga yashab kelmayotgani, o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli ruhiyatida bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli 2021 va 2023 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandlarini olib, o‘zini va farzandlarini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlagan.
Shu vaqtda mazkur hududdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning hayoti saqlab qolingan. Shu kuni Namangan viloyat qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Farg‘ona kanalidan ayol o‘lik holda suvdan chiqarib olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topilgandi.
LiveBarchasi