Jastin Biber Hindistondagi asr to‘yidan 10 mln dollar ishlab topdi

Olam

image

Amerikalik taniqli yulduz Jastin Biber hindistonlik milliarderning to‘yidan 10 mln dollar ishlab topdi. Bu  haqda “Vanty Fair” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12-14 iyul kunlari Anant Ambani va Radhika Merchantning to‘yi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bu safargi to‘yoldi marosimida afsonaviy “Backstreet Boys”, Jastin Biber, Pitbull, Andrea Bochelli kabi xonandalar chiqish qildi. Xususan, Jastin Biberning sahnadagi ijrolari iliq kutib olindi va tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bildirilishicha, Jastinga bu to‘y marosimi 10 million dollar foyda keltirgan. Dabdabali marosim davomida juftlik mehmonlarga o‘z qo‘li bilan 12-14 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘y kuniga taklifnomalarni taqdim etdi.

29 yoshli kuyov Anant Ambani sayyoradagi eng badavlat odamlardan biri, hindistonlik tadbirkor Mukesh Ambanining o‘g‘li hisoblanadi. Kuyovning otasi “Reliance Industries” kompaniyasining bosh direktori, uning biznesi turli xil energiya, aloqa, to‘qimachilik va kimyoviy manfaatlarni o‘z ichiga olgan. 2024 yil 3 iyul holatiga ko‘ra, kuyovning otasi taxminan 120 milliard dollarlik boyligi bilan Osiyodagi eng badavlat ikkinchi, dunyoda esa 11-odam hisoblanadi.

29 yoshli kelin Radhika Merchant Shaila Merchant va Viren Merchantning qizi bo‘lib, uning otasi “Encope Healthcare” kompaniyasining bosh direktori, uning onasi esa kompaniyaning boshqaruvchi direktorlaridan biri hisoblanadi. “Times of India” nashriga ko‘ra, Radhikaning ota-onasi taxminan 90 million dollar boylikka ega. Kelin Nyu-York universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan va hozirda otasining kompaniyasida direktorlar kengashida faoliyat yuritmoqda. U, shuningdek, raqqosalik bilan ham shug‘ullanadi.

“Vogue” jurnaliga ko‘ra, juftlik 2017 yilda do‘stlar davrasida tanishgan.

“O‘sha birinchi uchrashuv paytida oramizda o‘ziga xos bir narsa uyg‘ongandi va ko‘p o‘tmay biz uchrashishni boshlaganmiz”, deydi Radhika.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Hindistonning Jamnagar shahrida juftlik mehmonlarga to‘yoldi uch kunlik “o‘tirish” qilib bergandi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan. Tadbirda Mark Sukerberg, Ivanka Tramp, Bill Geyts, Muhammad bin Abdulrahmon bin Jassim Ol Soniy kabi VIP mehmonlar ham qatnashgan. Amerikalik xonanda Rianna tadbirda chiqish qilgan va o‘z chiqishi uchun 8-9 million dollar yoki 66-74 million rupiy miqdorida haq olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu to‘lovdan tashqari, Ambani Riannaga minnatdorlik belgisi sifatida olmos bilan bezatilgan soyabon sovg‘a qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jastin Biber asr to'yi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made