Jarqo‘rg‘onda sud xodimining kaltaklanishi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi tugatildi

3-sahifa

image
Bosh prokuratura sudyalar obro‘sizlanirilishi bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi north_east

Bosh prokuratura sudyalar obro‘sizlanirilishi bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi

IIV Jarqo‘rg‘onda kaltaklangan sud xodimini aybdorga chiqardi north_east

IIV Jarqo‘rg‘onda kaltaklangan sud xodimini aybdorga chiqardi

Joriy yilning iyul oyida Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalar hokim va IIB boshlig‘i rahbarligida omma oldida obro‘sizlantirilib, sud xodimi R.Rahimnazarov do‘pposlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari boshlangandi.

Viloyat prokuraturasi tekshiruv yakunlanganini va holat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi tugatilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan R.Rahimnazarov yengil tan jaroxati olganligi xolati yuzasidan, yuzlashtirish va boshqa bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligi sababli, 2020 yil 14 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat bo‘yicha R.Rahimnazarov o‘zining ko‘rsatuvida uni hech kim urib tan jarohat yetkazmagani va hech kimga da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Tergov natijasiga ko‘ra, holat yuzasidan biror-bir shaxsning harakatida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan harakatdan tugatilgan.

Voqea tafsiloti

Joriy yilning 10 iyul kuni soat 8:30 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverishda blok postda ular to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.

Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravishda, tuman sudi xizmat avtomashinalarini postdan o‘tkazmay, xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzib, ishga borishga imkoniyat bermay, yo‘ldan o‘tishga to‘sqinlik qilib, ishchi guruh a’zolaridan bittasi xizmat avtomashinasining orqa o‘ng eshigini ochib qo‘lidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tushirib, postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan.

Ularga qo‘pollik qilib, tuman sudining haydovchisi R.Rahimnazarovni (o‘zining bildirgisidan) yo‘l patrul xizmati xodimi R.Raimov bilagidan tortib, IIB boshlig‘i B.Xidirov va o‘rinbosari Sh.Azizberdiyev avtomashina kalitini olib qo‘yib, uni avtomashinada o‘tirgan joyidan kuch ishlatib tortib, egnidagi ko‘ylagini old ko‘krak qismini yirtib, sud xodimini tuman IIB binosiga olib kelib, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Azizberdiyev sud xodimini haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, shaxsiy telefon apparatini tortib olib, so‘ngra vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo‘ygan.

10 iyuldagi 442-sonli sud-tibbiy tekshiruvi dalolatnomasiga ko‘ra, R.Rahimnazarovning badanida qontalash va shilinma aniqlangan. R.Rahimnazarovning badanida ko‘krak qafasi o‘ng tomoni, bo‘yin orqa o‘ng tomoni, o‘ng ko‘krak sohasida qontalashlar va o‘ng qo‘l tirsak tashqi yuzasida shilinmalar mavjudligi, uning ko‘krak qafasi o‘ng tomoni, bo‘yin orqa o‘ng tomoni, o‘ng ko‘krak sohasidagi qontalashlari va o‘ng qo‘l tirsak tashqi yuzasidagi shilinmalari o‘tmas qattiq jismlarning bir-necha martabalik zarb va ishqalanish mexanizmlari ta’sirida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra yengil tan jarohatlari, deb baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Jarqo'rg'on

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing