Surxondaryoda o‘qituvchi o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qildi
3-sahifa
−
11:53 1972 2 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida texnikum masteri 16 yashar qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 25 sentyabr kuni 37 yoshli erkak texnikumning voyaga yetmagan o‘quvchisiga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatni ikki marta qo‘pol ravishda sodir etib, shahvoniy shilqimlik qilgan.
Joriy yilning 6 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda texnikum o‘qituvchisi aybiga iqror bo‘lmagan. Uning aytishicha, texnikum tomonidan berilishi kerak bo‘lgan oyoq kiyim berilmagani sababli o‘quvchilarning ota-onalari ariza yozib berishini aytgan. Xususan, u voyaga yetmagan o‘quvchini fizika darsidan olib chiqib, kafedra xonasida oyoq kiyim yuzasidan o‘quvchilarning ota-onasidan ariza olib berishini so‘ragan.
Sudda voyaga yetmagan jabrlanuvchi ham onasi ishtirokida ko‘rsatma bergan. Uning aytishicha, o‘qituvchi qizni darsdan olib chiqib, kafedra xonasiga olib borgan. U yerda o‘qituvchi qizning qo‘lidan tortib, o‘ziga yaqinlashtirgan, belidan va orqasidan ushlagan. Qiz esa qarshilik ko‘rsatib, ketib qolgan va darsga qatnashgan. Qiz dars tugaganidan keyin yotoqxonaga borgan va shunda o‘qituvchi ikkinchi raqamidan qo‘ng‘iroq qilib, uni sportzalga chaqirgan. Qiz sportzalga borganda o‘qituvchi yana shahvoniy shilqimlik qilgan. Qiz esa erkakka qo‘ng‘iroq bo‘lganidan foydalanib, qochib qolgan.
Sud qarori bilan o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga ushbu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida maktab qo‘riqlash xizmati xodimi 6-sinf qizga nisbatan shilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi