Bosh prokuratura sudyalar obro‘sizlanirilishi bo‘yicha vaziyatga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalar omma oldida obro‘sizlantirilib, sud xodimi kaltaklangani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘ycha bayonot berdi.

Unga ko‘ra, holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Tekshirish jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyul kuni soat 8:30 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverishda blok postda ular to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.

Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravishda, tuman sudi xizmat avtomashinalarini postdan o‘tkazmay, xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzib, ishga borishga imkoniyat bermay, yo‘ldan o‘tishga to‘sqinlik qilib, ishchi guruh a’zolaridan bittasi xizmat avtomashinasining orqa o‘ng eshigini ochib qo‘lidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tushirib, postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya Jarqo'rg'on

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing